Prezident shaxmatchilarni mukofotladi

Jamiyat

image

Bugun, 10 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev "Butunjahon 44-shaxmat olimpiadasi g‘oliblari va ishtirokchilarini mukofotlash to‘g‘risida"gi farmonni imzoladi. Farmon matni bilan quyida tanishishingiz mumkin:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni

Yangi O‘zbekiston shon-shuhratini butun dunyoga tarannum etish yo‘lida o‘zining yuksak intellektual salohiyati va professional mahoratini yaqqol namoyon etib, Hindistonning Chennay shahrida bo‘lib o‘tgan Butunjahon 44-shaxmat olimpiadasida muvaffaqiyatli ishtirok etgani va dunyo davlatlarining 188 ta jamoasi orasida g‘oliblikni qo‘lga kiritib, Olimpiada chempioni degan yuksak sharafga sazovor bo‘lgani, shuningdek, respublikamizda sportni keng ommalashtirish, yosh avlodni ona yurtga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning qalbida milliy g‘urur, mardlik va vatanparvarlik fazilatlarini kamol toptirish borasidagi ulkan xizmatlari uchun quyidagilar mukofotlansin:

“O‘zbekiston iftixori” faxriy unvoni bilan

  • Abdusattorov Nodirbek Fazliddin o‘g‘li - Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi
  • Vaxidov Jahongir Tairovich - Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi
  • Voxidov Shamsiddin Pulat o‘g‘li - Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi
  • Sindarov Javohir Sanjarbekovich - Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi
  • Yakubboyev Nodirbek Murodbek o‘g‘li - Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi” faxriy unvoni bilan

  • Yegin Vladimir Nikolayevich - Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi murabbiysi
  • Sokolov Ivan - Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi murabbiysi

“Kelajak bunyodkori” medali bilan

  • Bobomurodova Maftuna Panjiyevna - Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi
  • Malikova Marjona Abdimajid qizi - Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi
  • Omonova Umida Shuhrat qizi - Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi
  • Hamdamova Afruza Akbarovna - Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi
  • Yakubboyeva Nilufar Murodbek qizi - Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti                             

Shavkat Mirziyoyev


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

874

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing