Prezident selektor o‘tkazyapti. Surxondaryo hokimi o‘rinbosari “uchdi”

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Ayni vaqtda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirokida yoshlarning bandligi va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha videoselektor o‘tkazilmoqda. Unda bir qator rahbarlar lavozimidan ozod etildi. Ular orasida Surxondaryo viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha o‘rinbosari Chori Begimqulov ham bor. Bu haqda bloger Aziza Qurbonova xabar berdi. 

“Joylardagi tuman, shahar hokimlari, sektorlar rahbarlarining dunyoqarashi o‘zgarmayapti. Yoshlar masalasi qanday muhim ekanini tushunmayapti. Yoshlarimizga yordam berib, yelkadosh bo‘lishni xohlamayapti. Nega ayni shu mavzuda yil davomida 2 ta selektor o‘tkazdim? Chunki, men ishlarning borishidan mutlaqo noroziman. Joylarda saviya yo‘q. Yoshlar bizdan 10-20 martalab ilgarilab ketgan. Hozirgi zamonga munosib ish qilolmayapmiz. Birorta tashabbus yo‘q. Ko‘p  viloyatlar hokimlari bu (yoshlar bilan ishlash) paxta ekish, g‘alla ekishdek deb o‘ylayapti”, deydi Prezident. 

Prezident ishsiz yoshlarni tadbirkorlikka o‘qitish bo‘yicha sust ishlanayotganini tanqid qilgan. 

“1+1” dasturi doirasida 100 ming nafar yoshlarni o‘qitib, keyin ularga imtiyozli kredit ajratish topshirig‘i berilgan, biroq 3 oyda faqat 21 ming yosh o‘qitilgan. 

Yig‘ilish davomida ayrim rahbarlarga qat’iy ogohlantirish berildi. 

Yoshlar bilan ishlashni munosib tashkil qilmagani uchun Surxondaryo viloyati hokimining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Begimqulov, Furqat tumani hokimi Soliyev va Ulug‘nor tumani hokimi Maxsudov, Shofirkon va Qamashi tumanlari prokurorlari, Xiva va Chust tumanlari ichki ishlar bo‘limlari boshliqlari esa yoshlar jinoyatchiligining oldini olish bo‘yicha zarur choralar ko‘rmagani, Xo‘jayli va Angor tumani soliq idoralari rahbarlari esa yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlashda sustkashlikka yo‘l qo‘ygani uchun lavozimidan ozod etiladi, dedi davlat rahbari.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

462

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing