Prezident sayloviga oid qator nizomlar qabul qilindi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Bugun, 14 aprel kuni bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining majlisida O‘zbekiston Prezidenti sayloviga oid qator nizomlar qabul qilindi. Bu haqda MSK Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, majlisda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi okrug va uchastka saylov komissiyalarining faoliyati tartibini belgilab beruvchi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga ko‘rsatilgan nomzodni qo‘llab-quvvatlovchi imzolarni to‘plash va imzo varaqalari to‘g‘ri to‘ldirilganligini tekshirish tartibi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarning saylovoldi tashviqotini olib borish tartibiga doir nizomlar qabul qilingan.

Asosiy tadbirlar dasturida saylov jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish, ushbu jarayonda axborot-tushuntirish ishlarini tashkil etish, saylovga tayyorgarlik jarayonini koronavirus pandemiyasi sharoitini hisobga olgan holda o‘tkazish bo‘yicha aniq vazifalar belgilangan.

Yig‘ilishda Markaziy saylov komissiyasining vakolatlariga taalluqli boshqa ayrim masalalar ham ko‘rib chiqilgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 9 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasining “Saylov qonunchiligi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilindi. Unga ko‘ra, O‘zbekistonda prezidentlik saylovlari joriy yilning 24 oktyabr kuni o‘tkazilishi belgilandi.

Keyinchalik, chet eldagi o‘zbekistonliklarning prezidentlik saylovida ovoz berish tartibi ma’lum qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

150

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing