Prezident saylovidagi ilk nomzod nomi ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

image

Bugun, 4 avgust kuni Ekologik partiya markaziy kengashining navbatdan tashqari plenumi o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston tarixida ilk bor Prezident saylovida ishtirok etayotgan Ekologik partiya o‘z nomzodini ko‘rsatdi.

O‘zbekiston Ekologik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod etib partiya Markaziy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi Oblomurodov Narzullo Naimovich nomzodi ma’qullandi.

Shuningdek, mamlakatda tobora dolzarb bo‘lib borayotgan ekologik muammolarni hal etish, jamiyatda aholining e’tiborini ekologik muammolar va ularning yechimiga qaratish, inson salomatligini  asrash va sog‘lom turmush tarzini ta’minlash borasida jamiyat oldida turgan o‘ta muhim masalalarni hal etishni o‘z zimmasiga olgan holda partiyaning mazkur saylovda qatnashishi to‘g‘risida Plenum qarori qabul qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1141

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing