Prezident saylovida nomzodlar o‘rtasida debat o‘tkaziladimi?

Jamiyat

image

Xabaringiz bor, bugun, 23 iyul kuni O‘zbekiston Prezidenti saylovi kampaniyasiga rasman start berildi. Endilikda siyosiy partiyalar o‘z nomzodini e’lon qilishni boshlaydi.

Rivojlangan demokratik davlatlarda nomzodlar o‘rtasida debatlar o‘tkazish urfga kirgan. Bunday muloqot raqobatchilarning o‘zaro munozarasi uchun maydon vazifasini o‘taydi. O‘zbekistonda mutlaqo ochiq o‘tishi aytilayotgan saylovlarda prezidentlikka nomzodlar o‘rtasida debatlar o‘tkaziladimi?

Toshkentdagi simpoziumlar saroyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi oldidan tashkil etilgan Markaziy saylov komissiyasi Matbuot markazining ochilish marosimida MSK raisi Zayniddin Nizomxo‘jayevga shu savolga javob berdi.

Bunga javoban Zayniddin Nizomxo‘jayev debatlar o‘tkazish uchun barcha sharoitlar boriligini aytib javob berdi.

“Bu ko‘pchilikni qiziqtirayotgan bo‘lishi mumkin. Men kirish so‘zimda ham aytib o‘tdim, Biz barcha sohalarda ochiqlikni ta’minlash borasida yetakchi OAV vakillari bilan tuzgan memorandumimiz va mana bu matbuot markazimizning o‘zi ham ochiqlikni ta’minlash borasida imkoniyatlar yaratilmoqda. Men o‘ylaymanki, siyosiy partiyalar o‘zlarining nomzodlarini ko‘rsatgandan keyin barchaga imkoniyat yaratiladi. Radio, televedeniye va bosma nashrlarda ham barcha imkoniyatlar yaratiladi. Men o‘ylaymanki, debatlar o‘tkazish uchun qonunda hech qanday cheklovlar yo‘q. Bu nizmolarda ham o‘z izohini topgan. Bunga hech qanday qarshiliklar yo‘q. Bunday amaliyotni amalga oshirishimiz uchun hamma imkoniyatlarimiz bor”, deb Nizomxo‘jayevning so‘zini keltirmoqda QALAMPIR.UZ muxbiri.

MSK raisining javobidan ko‘rinib turibdiki, debatlar uchun sharoit bor, ammo uni o‘tkazish yoki o‘tmazmaslik aniq emas.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi joriy yilning 24 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

190

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing