300 milliard so‘mga tushgan saylov. Mablag‘ qanday taqsimlangan?

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirish maqsadida Markaziy saylov komissiyasiga 300 milliard so‘m miqdorida mablag‘ ajratilgan. Bu haqda “2021 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining davlat byudjeti to‘g‘risida”gi qonunda so‘z boradi.  

Markaziy saylov komissiyasi axborotiga ko‘ra, ushbu mablag‘lar quyidagicha taqsimlangan:

•    okrug va uchastka saylov komissiyalarining faoliyatini tashkil etish uchun umumiy mablag‘ning 89 foiz miqdorida yoki 267,6 mlrd so‘m;
•    beshta siyosiy partiyalarning saylovda ishtirokini moliyalashtirish uchun 5 foiz miqdorida yoki 15,5 mlrd so‘m, har bir siyosiy partiya uchun 3,1 mlrd so‘mdan;
•    Markaziy saylov komissiyasi tomonidan markazlashgan tartibda amalga oshiriladigan xarajatlar uchun 4 foiz miqdorida yoki 10,5 mlrd so‘m;
•    boshqa davlat organlari tomonidan saylov jarayonida amalga oshiriladigan tadbirlar xarajatlariga 2 foiz miqdorida yoki 6,4 mlrd so‘m.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 24 oktyabr kuni O‘zbekistonda Prezident saylovi bo‘lib o‘tmoqda. Saylov jarayonlariga tongi soat 8:00 da start berilgan. U kechki soat 20:00 gacha davom etadi. Saylovchilarning O‘zbekistonda mavjud 5 ta partiya tomonidan ko‘rsatilgan 5 nafar nomzoddan biriga ovoz berish huquqi bor. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

196

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing