Prezident saylovi: Moskvadagi elchixona oldida “turnaqator” navbat paydo bo‘ldi

Olam

image

Bugun, 24 oktyabr kuni soat 8:00 dan O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasi oldida prezidentlik saylovida ovoz berish istagidagi o‘zbekistonliklar katta navbat hosil qildi. Diplomatik vakolatxona oldidagi manzara aks etgan video va fotolar ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

Elchixona xodimlarining taxminiy hisobiga ko‘ra, ikki ming chog‘li o‘zbekistonlik ovoz berish uchun kelgan. 

Qayd etilishicha, ovoz berish boshlanishidan avval elchixonada O‘zbekiston madhiyasi yangragan. Ovoz berish jarayoni karantin qoidalariga amal qilgan holda o‘tkazilyapti.

Avvalroq, Moskvadagi elchixonadan tashqari, Vladivostok, Yekaterinburg, Qozon, Novosibirsk, Sankt-Peterburg va Rostov shaharlaridagi respublika konsullik muassasalarida tashkil etilgan saylov uchastkalarida ovoz berish mumkinligi xabar qilingandi.

Ma’lumot uchun, ovoz berish soat 8:00 dan 20:00 gacha davom etadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

127

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing