Prezident saylovi: Abdurahmonov va Turdimov ovoz berdi
Jamiyat
−
24 Oktabr 2021
5832Bugun, 24 oktyabr kuni O‘zbekistonda Prezident saylovi o‘tkazilmoqda. Ushbu jarayon tongi soat 8:00 dan kechki 20:00 gacha davom etadi.
Oddiy saylovchilar qatorida viloyat hokimlari ham saylov uchastkalariga tashrif buyurdi va o‘zlari munosib deb topgan nomzodlarga ovoz berdi. Jumladan, Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov oilasi bilan Andijon shahridagi 35-saylov uchastkasida ovoz berdi.
“Prezidentlik saylovida munosib nomzodga ovoz berish kelgusida mamlakatimiz taraqqiyoti, jamiyatimizda demokratik tamoyillarning yanada mustahkamlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois, mamlakatimiz taqdiriga, porloq kelajagimizga befarq qaramaydigan har bir yurtdoshimiz saylovda faol qatnashib, eng munosib nomzod uchun ovoz berishi lozim”, deydi Andijon viloyati hokimi.
Shuningdek, Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov ham ushbu siyosiy jarayonda ishtirok etdi. U viloyatning ikkinchi va to‘rtinchi sektor rahbarlari bilan birga Samarqand shahridagi 144-saylov uchastkasida birinchilar qatorida ovoz berdi.
“Prezident saylovi Vatanimiz taraqqiyoti, xalqimiz farovonligini belgilab beradigan siyosiy tadbir. Shu jihatdan bu saylovda ishtirok etish barchamizning konstitutsion huquqimiz, xalqimiz, oilamiz oldidagi burchimizdi”, deydi Samarqand viloyati hokimi.
LiveBarchasi