Prezident Sardor Umurzoqovga yangi vazifa yukladi

Jamiyat

image

Paxta xom ashyosi va ip-kalavani qayta ishlashni tizimli tashkil etish uchun Bosh vazir o‘rinbosari Sardor Umurzoqov boshchiligida Respublika komissiyasi tuziladi. Bu haqda bugun, 28 iyun kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ilmga asoslangan urug‘chilik va agrotexnologiyalar hisobiga paxta ishlab chiqarish hajmini oshirish hamda paxtani chuqur qayta ishlash asosida to‘qimachilik mahsulotlari eksportini ko‘paytirish chora-tadbirlari yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, komissiyaning asosiy vazifasi 9 milliard dollarlik mahsulot ishlab chiqarish rejasini har bir viloyat, tuman va shahar, qolaversa, klaster kesimida belgilash va ijrosini tashkil etish hisoblanadi.

Klasterlar paxtadan ip-kalavagacha ishlab chiqarish zanjirini joriy etishga mas’ul bo‘ladi.

Agar klasterning o‘zida xohish bo‘lsa, bemalol o‘zi qayta ishlashni to‘liq siklda amalga oshirishi mumkin. 

Bundan buyon, alohida industrial zonalar tashkil qilinib, ularda tayyor mahsulot ishlab chiqaruvchilar uchun barcha sharoitlar yaratib beriladi.

Komissiya elchilar va klasterlar bilan birga bu industrial zonalar boshqaruviga chet el kompaniyalarini jalb qilib, nufuzli brendlarni olib keladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

256

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing