Prezident “Samsung”, “KIA Motors” kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashdi

Jamiyat

image

Bugun, 18 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Seul shahrida Janubiy Koreya ishbilarmon doiralari vakillari bilan uchrashdi. 

Tadbirda Koreya Respublikasi savdo, sanoat va energetika vaziri Mun Sin Uk, Koreya xalqaro savdo uyushmasi raisi Kristofer Ku, Koreya Eksimbanki, Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA), “SK Ecoplant”, “Posco”, “Samsung”, “SK Nexilis”, “Youngone”, “KIA Motors”, “K-water”, “KT-Net” va ko‘plab boshqa kompaniyalar rahbarlari ishtirok etdi.

Shavkat Mirziyoyev Koreya kompaniyalarini birgalikda yangi, keng ko‘lamli tashabbuslarni ishlab chiqishga chaqirdi. Janubiy Koreya ishbilarmon doiralari vakillari O‘zbekistonda faol tadbirkorlik uchun yaratilgan sharoitlarni yuksak baholadi va investitsion hamkorlikni rivojlantirishga katta qiziqish bildirdi.

Uchrashuvda Koreya kompaniyalari bilan hamkorlikda raqamlashtirish, “yashil” energetika, mashinasozlik, qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik sanoati, farmatsevtika, geologiya sohalari va boshqa ko‘plab yo‘nalishlarda umumiy qiymati 5 milliard dollardan ortiq 40 ta yangi loyihani amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev bu rejalarni ma’qullab, mutasaddilarga aniq muddatlarini belgilagan holda tegishli “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish va qabul qilishga topshiriq berdi.

“Bosh maqsadimiz – Koreya biznesi O‘zbekistonda qulay muhitni his etib faoliyat yuritsin”, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Prezidentimiz Koreya kompaniyalari rahbarlarini O‘zbekistonga kelish va u yerda xorijiy investorlar uchun yaratilgan qulay sharoitlardan foydalanishga taklif etdi.

Shu bilan O‘zbekiston Prezidentining Koreya Respublikasiga uch kunlik davlat tashrifi yakuniga yetdi. Davlat rahbari Toshkentga jo‘nab ketdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

170

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing