Prezident Ramatovga 30 trln so‘mlik loyihalar javobgarligini yukladi
Jamiyat
−
24 mart 2021
8394O‘zbekiston Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Ochilboy Ramatov qurilish sohasida 30 trillion so‘mlik loyihalarning yakuniga yetkazishga mas’ul bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilayotgan videoselektor yig‘ilishdia ishtirok etayotgan QALAMPIR.UZ Bosh muharriri Sunnatilla Abdullayev xabar bermoqda.
Yig‘ilishda Ochilboy Ramatov viloyat hokimlari bilan birga, 10 kun muddatda dasturga kiritilgan barcha qishloq va mahallalarda qurilish ishlarini boshlashi zarurligi ta’kidlandi.
“Ramatov boshchiligidagi komissiya doimiy ravishda hududlarga chiqib, dasturdagi mahallalarning muammolarini joyida hal qiladi.
Umuman olganda, Ramatov bu boradagi ishlarni 11 trillion so‘mlik ipoteka dasturlari ijrosini ta’minlash bilan birga tashkil etib, jami 30 trillion so‘mlik loyihalarni yakuniga yetkazishga shaxsan javob beradi”, deya ta’kidladi Prezident.
LiveBarchasi