Prezident omborda chang bosib yotgan eksponatlarni namoyishga qo‘yishni buyurdi
Jamiyat
−
14 dekabr 2021
8662Prezident Fransiya, Italiya va Turkiyadan restavrator va muzey ishi mutaxassislarini olib kelib, omborda chang bosib yotgan eksponatlarni namoyishga qo‘yish bo‘yicha topshiriq berdi. Bu haqda davlat rahbari bugun, 14 dekabr kuni xizmatlar sohasini rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar natijadorligi hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishida gapirgan.
Ta’kidlanishicha, Toshkent, Samarqand va Namangan shaharlarida yuqori daromadli xizmatlarni rivojlantirish bo‘yicha alohida dastur qabul qilinadi.
Toshkent shahrini ta’lim, tibbiyot, biznes va madaniy-ko‘ngilochar markazga aylantirish bo‘yicha dastur ishlab chiqiladi.
"Misol uchun, Sergeli tumanida 16 kilometr uzunlikdagi yer usti metrosi atrofida tungi yoritgich, o‘rindiq, sport va boshqa infratuzilma tashkil etish hisobiga savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida 5 mingta ish o‘rni yaratish bo‘yicha taklif bildirilgan. Bunday takliflar menga ma’qul.
Yoki, poytaxt tadbirkorlarining shahar hududida san’at, rassomchilik, haykaltaroshlik, hunarmandchilik vakillarini keng jalb qilib, yirik “san’at ko‘chalari”ni yaratish takliflarini ham qo‘llab-quvvatlayman", deydi Prezident.
Bundan tashqari, "Fransiya, Italiya, Turkiyadan restavrator va muzey ishi mutaxassislarini olib kelib, barcha muzeylarni zamonaviy qiyofaga keltirish va “omborda chang bosib yotgan” noyob eksponatlarni namoyishga qo‘yishni" tashkil qilish zarurligi ko‘rsatib o‘tilgan.
LiveBarchasi