Prezident Namangan viloyatiga yetib bordi
Jamiyat
−
26 iyun 2020 10814 1 daqiqa
Biroz avval o‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatiga jo‘nab ketgani haqida xabar bergan edik.
Uzbekistan Airways`ning ma’lum qilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatiga yetib keldi. Samolyot soat 09:40 da Namangan xalqaro aeroportiga qo‘ndi.
Prezident Namanganda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, yirik loyihalar bilan tanishadi.
Shavkat Mirziyoyev tashrif davomida viloyatning qator tumanlarida bo‘lib, keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari, aholi bandligi va farovonligini ta’minlashga qaratilgan loyihalar bilan tanishishi rejalashtirilgan.
Live
Barchasi