Prezident Namangan shahar hokimining birinchi o‘rinbosarini bo‘shatib, o‘rniga yosh nomzodni tayinladi

Jamiyat

image

Ayni vaqtda Xalq deputatlari Namangan viloyati kengashining navbatdan tashqari 26-sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Unda Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etyapti. Sessiyada Namangan shahar hokimining birinchi o‘rinbosari ishdan olingan. Bu haqda Jurnalistlar ijodiy uyushmasining rasmiy sahifasida ma’lum qilindi.

Ma’lum qilinishicha, so‘zga chiqqan viloyat ichki ishlar boshqarmasi yoshlar yetakchisi, 31 yoshli Dostonbek Abduqahhorovni davlat rahbari savolga tutdi va samimiy suhbatlashgan, uning mahallabay ishlash tizimi bo‘yicha fikrlarini tinglagan. 

Suhbatdan so‘ng, Dostonbek Abduqahhorov Namangan shahar hokimining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

623

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing