Prezident mukofotlangan yoshlarga orden va medallarni topshirdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30 iyun — Yoshlar kuni munosabati bilan orden va medallar bilan taqdirlangan faol yoshlarga ushbu mukofotlarni  tantanali ravishda topshirdi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar berdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 29 iyundagi farmoniga muvofiq, o‘zining ijodiy va intellektual salohiyati, tanlagan kasb yo‘nalishi va ijtimoiy hayotda erishgan muhim natijalari bilan turli sohalarda yurt ravnaqiga, uning xalqaro obro‘-e’tiborini yuksaltirishga munosib hissa qo‘shayotgan, tengdoshlariga o‘rnak va namuna bo‘lib kelayotgan faol yoshlar orden va medallar bilan mukofotlangan edi. 

Qayd etilishicha, mukofotlanganlar yuksak ishonch va e’tibor, yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar uchun Prezidentga minnatdorlik bildirib, o‘qish va intilishda faol davom etishi, yanada katta natijalarga erishib, davlat ishonchini oqlashini ta’kidlagan.

“Bilimli yoshlar — kelajak poydevori. Bugungi harakatlaringiz bilan o‘z kelajagingizga asos solyapsizlar. Men sizlar bilan g‘ururlanaman”, deydi Shavkat Mirziyoyev.

Shunigdek, davlat rahbari forumga yig‘ilgan yigit-qizlar bilan muloqot qildi. Yoshlarning fikr va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlab, ular bo‘yicha mutasaddilarga ko‘rsatmalar berdi.

“Yoshlarga berayotgan e’tiborimiz natijalar berayotganini ko‘rib, xursand bo‘ldim. Bugun hech bir soha yo‘qki, yoshlar muvaffaqiyatga erishmayotgan bo‘lsa. Yoshlarning yo‘lini ochib bersak, ularga yelkadosh bo‘lsak, yanada ulkan natijalarga erishamiz. Mening eng katta ishongan kuchim, davlatimizning eng katta boyligi — bu yoshlar”, deydi Prezident.

Tadbir katta konsert dasturi bilan yakunlandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

120

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing