Prezident Mirziyoyevning energetika sohasidagi muammolardan xabari bormi?

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatda davom etayotgan energetika sohasidagi muammolardan xabari bor va davlat rahbariga har soatda mavjud vaziyat bo‘yicha hisobot berib borilyapti. Bu haqda Energetika vaziri o‘rinbosari Sherzod Xo‘jayev o‘zining videomurojaatida ma’lum qildi. 

“Albatta, energetika sohasida tabiiy gaz va elektr ta’minotidagi muammolar va uzilishlar haqida  har soatda davlat rahbariga hisobot kiritib borilmoqda. Prezidentimiz tomonidan vaziyatga juda jiddiy yondashgan holda, maxsus shtablar faoliyatini yo‘lga qo‘yish, har bir hududda, har bir vazirlik va idorada maxsus ishchi guruhlarni tuzgan holda, bor resurslarni aholi va ijtimoiy soha ob’ektlari o‘rtasida odilona taqsimlash bo‘yicha topshiriqlar berib borilmoqda”, deydi vazir o‘rinbosari.

Uning alohida urg‘ulashicha, Prezident tomonidan tabiiy gaz ishlab chiqarish va energiya resurslari importi hajmini oshirish bo‘yicha ham alohida topshiriqlar berilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

649

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing