Prezident Mirziyoyev saylovga qadar Rossiyaga tashrif buyuradimi?
Jamiyat
−
09 avgust 2021
7075O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga bo‘lajak tashrifi kun tartibida turibdi. Biroq, tashrifning qachon amalga oshirilishi sanitariya-epidemiologik vaziyatga bog‘liq. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov bugun, 9 avgust kuni bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qildi.
Davlat rahbari matbuot kotibining ta’kidlashicha, tashrifning qachon amalga oshishi hali aniq bo‘lmasa-da, ushbu jarayonga tayyorgarlik qizg‘in davom etmoqda.
“Bizning hukumatlarimiz delegatsiyalari faol tarzda o‘zaro tashrif almashmoqda. Bunga o‘zlaringiz ham guvohi bo‘lgandirsiz. 22 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Rossiyada bo‘lib o‘tgan qo‘shma komissiya yig‘ilishida qatnashdi. Bundan tashqari, biz bu yerda Tatariston Respublikasi Prezidenti janob Minnixanov, Rossiya Sog‘liqni saqlash vaziri janob Murashko, Rossiya Temir yo‘llari boshlig‘i janob Belozyorovni qabul qildik”, deydi Asadov.
Uning qo‘shimcha qilishicha, sanitariya-epidemiologik vaziyatning yaxshilanishi bilan OAVga Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga tashrifi bo‘yicha aniq ma’lumot beriladi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning aprel oyida Asadov Prezident Mirziyoyevning Rossiya Federatsiyasi va Koreya Respublikasiga tashrifi reja qilinganini aytgandi.
LiveBarchasi