Prezident Mirziyoyev ilk marta bosma nashrga intervyu berdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadov Shavkat Mirziyoyevning “Yangi O‘zbekiston” nashriga intervyu berganini ma’lum qildi. U shuningdek, davlat rahbarining haftalik ish rejasi bo‘yicha ma’lumot berdi. 

Qayd etilishicha, jurnalistlar, umuman, O‘zbekiston uchun qiziqarli bir anons: ertaga, 17 avgust kuni “Yangi O‘zbekiston” gazetasida Prezident Shavkat Mirziyoyevning intervyusi chop etiladi. 

Xabarga ko‘ra, Prezident bilan gazeta bosh muharriri Salim Doniyorov suhbatda bo‘lgan. Intervyuda O‘zbekistonning oxirgi 5 yillikdagi rivojlanish yo‘li, ichki va tashqi siyosati, hozirgi kundagi ustuvor vazifalar haqida so‘z boradi. 

“Ishonchim komilki, bu suhbat keng qamrovliligi, faktlarga boyligi va dasturiy ahamiyatga egaligi bilan barcha vatandoshlarimizda, shuningdek, xorijiy ekspertlarda katta qiziqish uyg‘otadi”, deydi Prezident matbuot kotibi.

Ta’kidlanishicha, Prezidentning haftalik ish rejasida hududiy elektr tarmoqlari korxonalarini transformatsiya qilish, o‘quv-tarbiya jarayonlari sifatini oshirish, yer hisobini yuritish sohasidagi ishlar natijadorligi yuzasidan taqdimotlar o‘tkazilishi mo‘ljallangan.  
 
Shuningdek, Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan “ochiq muloqoti”ga faol tayyorgarlik ko‘rilayotgani ma’lum qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

315

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing