Prezident Mirziyoyev Hindiston TIV rahbarini qabul qildi

Jamiyat

image

Bugun, 16 iyul kuni Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusidagi xalqaro konferensiya doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Hindiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Subramanyam Jayshankarni qabul qildi.

Davlat rahbari O‘zbekiston-Hindiston strategik sheriklik va ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlari oliy darajadagi muntazam muloqotlar davomida erishilgan kelishuvlarga muvofiq izchil rivojlanib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi.

Vazir Jayshankar O‘zbekiston yetakchisiga Hindiston Bosh vaziri Narendra Modining salomi va samimiy tilaklarini yetkazdi.

O‘zbekistonning Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasidagi bog‘liqlikni, shuningdek, Afg‘onistonda tinchlikka erishish va ushbu mamlakat iqtisodiyotini tiklashga qaratilgan mintaqaviy loyihalarni ilgari surish borasidagi sa’y-harakatlari yuksak baholandi.

Uchrashuvda ikki mamlakat hududlarini faol jalb qilgan holda investitsiyalar, innovatsiyalar, savdo, biznes, logistika, axborot texnologiyalari, sog‘liqni saqlash va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish muhim ekan ta’kidlandi.

Mamlakatlar “Hindiston – Markaziy Osiyo” formatidagi samarali muloqotni davom ettirishdan manfaatdor ekani qayd etildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

17

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing