Prezident o‘zbek estradasi asoschisi Botir Zokirovni orden bilan mukofotladi
Madaniyat-san’at
−
26 avgust 2021
8867Bugun, 26 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Botir Zokirovni “El-yurt hurmati” ordeni bilan mukofotlash to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni
“O‘zining buyuk iste’dodi, noyob va betakror ijodi bilan o‘zbek estrada san’atiga asos solib, milliy madaniyatimizni rivojlantirish, uning shon-shuhratini dunyo xalqlari o‘rtasida keng targ‘ib etishga qo‘shgan beqiyos hissasi, yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash borasidagi unutilmas xizmatlarini inobatga olib hamda tavalludining 85 yilligi munosabati bilan xalqimizning ardoqli farzandi, buyuk san’atkor, O‘zbekiston xalq artisti, marhum Botir Karimovich Zokirov “El-yurt hurmati” ordeni bilan mukofotlansin.”
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev
LiveBarchasi