Prezident maktablariga kirish imtihonlari natijasini e’lon qilish kechiktirildi

Jamiyat 4682
image
-

Prezident maktablariga kirish uchun 21-22 avgust kunlari bo‘lib o‘tgan imtihonlar natijasi 20 sentyabr kuni e’lon qilinadi. Bu haqda Prezident ta’lim muassasalari agentligining Prezident maktablari 2- bosqich kirish imtihonlari natijalari yuzasidan bergan bayonotida aytilgan.

“Prezident maktablariga kirish imtihonlarining 2- bosqich natijalari 20 sentyabr kuni e’lon qilinishi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Cambridge Assessment tashkilotining Test ishlab chiqish va qabul jarayonlarini muvofiqlashtirish departamenti boshlig‘i Gven Kodvall xabar berdi”, deyiladi bayonotda.

Bundan tashqari, Cambridge Assessment tashkiloti bugungi kunda 100 dan oshiq davlatlarda  imtihon o‘tkazayotgani va vaqt juda tig‘izligiga qaramay, grafik asosida ish yuritayotganini ma’lum qilgan.

Avvalroq, Prezident maktablariga kirish uchun imtihonlari natijalari 16 sentyabr kuni e’lon qilinishi ma’lum qilingan edi.

Sunnatilla Abdullayev
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 150
Reyting: 3
t
×