Prezident maktablarida ovqatlanish autsorsing usulida tashkil etiladi
Jamiyat
−
15 aprel 2021
4732O‘zbekiston Hukumatining tegishli qarori bilan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tizimidagi maktablarda sog‘lom ovqatlantirishni autsorsing usulida tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Qarorga ko‘ra, ovqatlantirish autsorsing shartlari asosida tashkil etiladigan maktablarda:
autsorsing shartlari asosida ovqatlantirishni tashkil etish uchun autsorser tomonidan foydalaniladigan kommunal xizmatlar uchun to‘lovlar Davlat byudjetidan Agentlikka ajratilgan mablag‘lar doirasida qoplanadi;
ijara shartnomasi doirasida autsorserga vaqtincha foydalanishga beriladigan oshxonaning ishlab chiqarish xonalari, asbob-uskunalari va mebelidan foydalanganlik uchun to‘lov “nol” stavka bo‘yicha belgilanadi.
Agentlik Sanitariya- epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati bilan birgalikda maktablarda o‘quvchilarga berilayotgan taomlar sifati ustidan qat’iy nazorat o‘rnatadi.
O‘quvchilar yotoqxonasi mavjud maktablarda besh mahal, yotoqxonasi mavjud bo‘lmaganlarida ikki mahal ovqatlantiriladi.
Autsorser eng yaxshi takliflarni taqdim etgan talabgorlar orasidan tanlov komissiyasi tomonidan tanlab olinadi. Komissiya tanlovda ishtirok etuvchi talabgorning mazkur sohada yetarli katta ish tajribasiga (mazkur sohada kamida 2 yillik ish tajribasiga ega, umumiy ovqatlanish maydoni mavjud bo‘lgan), tegishli moliyaviy, moddiy-texnika va logistika bazasiga (texnika, ishchilar soni va ularning tarkibi) ega bo‘lgan talabgorlarga ustunlik beradi.
Maktab bilan autsorser o‘rtasidagi shartnoma bir yildan uch yilgacha bo‘lgan muddatga tuziladi.
LiveBarchasi