Prezident maktabda o‘tilmagan fanlardan OTMga kirish imtihonida savol berilishini qoraladi
Jamiyat
−
29 dekabr 2022
5031Prezident oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari maktabda o‘tilgan fanlar bo‘yicha o‘tkazilishi bo‘yicha berilgan taklifni ma’qulladi. Bu haqdagi taklif davlat rahbariga bugun, 29 dekabr kuni o‘qituvchilar bilan norasmiy muloqoti vaqtida berilgan.
“Bu nomutanosiblikka barham berish kerak. Maktabda o‘tilmagan fanlar bo‘yicha savollar berilmasligi kerak. Men bu bo‘yicha topshiriq berganman”, deydi Shavkat Mirziyoyev.
Mamlakat ta’lim muassasalarida darsliklar o‘zgarishi bilan birga o‘qituvchilar ham o‘zgarishi kerak. O‘zgarmagan o‘qituvchilar bilan esa xayrlashishga to‘g‘ri keladi.
“Bugun darsliklar o‘zgaryapti. O‘qituvchilar ham o‘zgarishi kerak. O‘zgarishlaringizga majbur qilamiz. O‘zgarmasangiz xayrlashamiz. Shuning uchun ham bugun sizlar bilan ko‘rishib, gaplashyapmiz.
Bugun kechagidek dars berishni qabul qilib bo‘lmaydi. Buni ota-onalar ham, o‘quvchilar ham qabul qilmaydi. Ota-onalarning ham mas’uliyatini oshirishimiz kerak”, deydi Mirziyoyev.
Shuningdek, davlat rahbari suhbat asnosida nabiralarining darslari bilan shaxsan o‘zi shug‘ullanishini bildirgan.
“O‘zim ham shanba-yakshanba kunlari nevaralarimning darslari bilan shug‘ullanaman. Ayniqsa, yakshanba kunlari vaqtim ko‘proq bo‘ladi, hamma darslarini birma-bir so‘rayman”, deydi Prezident.
LiveBarchasi