Tezkor! Prezident maktab darsliklarini tekinga berishni buyurdi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

O‘zbekistonda davlat umumta’lim maktablarida o‘quvchilarga darslik va mashq daftarlarini bepul berish yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda Prezident Matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.

Asadovga ko‘ra, maktab darsliklari va mashq daftarlarining ijara to‘lovlari miqdorlari keskin oshirilishi munosabati bilan keng jamoatchilik, ota-onalar tomonidan bildirilgan e’tirozlar yuzasidan Prezidentga axborot berilgan.

“Maktab darsliklari bolalarning umumiy o‘rta ta’lim olishida favqulodda muhim o‘rin tutishini hisobga olib hamda maktab o‘quvchilari va ularning ota-onalarini, qonuniy vakillarini qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy adolatni ta’minlash maqsadida davlat rahbari Vazirlar Mahkamasi va Xalq ta’limi vazirligiga maktab darsliklari va mashq daftarlarini bepul ijaraga berishni tezkor yo‘lga qo‘yish yuzasidan topshiriq berdi”, deydi Prezident Matbuot kotibi.

Eslatib o‘tamiz, 2 sentyabr kuni 2022-2023 o‘quv yili maktab darsliklarning ijara narxi ma’lum bo‘ldi. Unga ko‘ra, ta’lim tili o‘zbek sinflar uchun darsliklar to‘plamlarining ijara narxlari 108 foizga oshirildi. Ota-onalar va jamoatchilik orasida norozilikni keltirib chiqargan ushbu masala bo‘yicha Xalq ta’limi vazirligi munosabat bildirib, narx oshishini yangi darsliklarning chop etilish harajatlari, xususan dunyo bozorida qog‘oz narxi va qog‘ozni O‘zbekistonga yetkazib berish bo‘yicha transport harajatlarining keskin oshib ketishi bilan izohladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1262

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing