Prezident Makron pensiyadan voz kechdi

Olam 1995
image

Fransiyaning amaldagi Prezidenti Emmanuyel Makron hozirdanoq sobiq Prezidentlarga to‘lanadigan pensiyadan voz kechdi. Bu haqda mahalliy nashrlar Hukumatdagi manbaga asoslanib xabar bermoqda. 

Makronning Prezidentlik muddati 2020 yilning may oyida tugaydi. Agar u ikkinchi muddatga Fransiya rahbari bo‘lsa, 2027 yilgacha bu lavozimni egallaydi. Biroq Prezidentlik nafaqasining miqdori muddatlar soniga bog‘liq emas. Fransiyada bu nafaqa 1955 yilda tashkil etilgan va 6,22 ming yevroni tashkil etadi.

Manbaning xabar berishicha, Makronning qarori “mamlakatdagi hozirgi vaziyatga muvofiq harakat qilish” istagi bilan oqlandi. Bundan tashqari, kelajakda Prezident pensiyasining amaldagi doimiy stavkasini almashtirish uchun yangisi shakllantiriladi.

Shahnoza To‘ramurotova
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 64
Reyting: 2.9
t
×