Prezident ma’muriyati vakili: “Biz Shimoliy Koreyadan bir necha qadam oldindamiz”

Olam

image

“Janubiy Koreya qurolli kuchlari KXDR sinovidan o‘tgan qisqa masofali raketalarga bardosh beradi. “Patriot” tizimlari yordamida bizning qurolli kuchlarimiz Shimoliy Koreyaning qisqa masofaga uchadigan raketalariga to‘liq qarshilik ko‘rsatishi mumkin", deydi Janubiy Koreya Prezidenti ma’muriyati vakili. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda. 

Vakilning so‘zlariga ko‘ra, Seulda Shimoliy Koreyaning hozirgi qurollari bor. "Biz Shimoliy Koreyadan bir necha qadam oldindamiz. Jangovar tayyorgarligimiz bo‘yicha ortda qolayotganimiz haqidagi xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi", deydi Koreya Respublikasi Prezidenti ma’muriyat vakili. 

Oldinroq KXDR Janubiy Koreyada ballistik deb baholangan qisqa masofaga uchadigan raketalarni sinovdan o‘tkazgan. Janubiy Koreya Prezidenti ma’muriyati vakilining so‘zlariga ko‘ra, 20 avgustgacha hisoblangan harbiy mashg‘ulotlardan so‘ng KXDR o‘q otishni to‘xtatadi va AQSH bilan Koreya yarimorolida yadrosizlanish bo‘yicha muzokaralarga tayyorgarlik ko‘rishni davom ettiradi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

41

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing