Prezident koronavirusga qarshi kurashayotgan bir guruh shifokorlarni mukofotladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 27 avgust kuni “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma to‘qqiz yilligi munosabati bilan koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashishda fidoyilik ko‘rsatgan tibbiyot sohasi xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi. 

Farmon bilan mamlakatda sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish, xususan, koronavirus pandemiyasi keng tarqalishining oldini olish, sanitar-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlash ishiga o‘zining bilim va salohiyati, professional mahorati bilan munosib hissa qo‘shgani, aholi salomatligini muhofaza qilish, bemorlar hayotini asrash, ularga mehr va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish borasidagi alohida xizmatlari, o‘z hayoti va sog‘lig‘ini xavf ostiga qo‘yib, muqaddas shifokorlik burchini vijdonan ado etishdagi jasorati va fidoyiligi uchun quyidagilar faxriy unvon, orden va medallar bilan mukofotlandi:

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sog‘liqni saqlash xodimi” faxriy unvoni bilan

Abdullayev Murod Bobojonovich    -    Olot tumani tibbiyot birlashmasining bolalar yuqumli kasalliklari reanimatsiya bo‘limi anesteziolog-reanimatologi, Buxoro viloyati

Isoqulov To‘lqin O‘rolovich    -    O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Harbiy-tibbiy boshqarmasi boshlig‘i

Kariyev G‘ayrat Maratovich    -    Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori

Navro‘zov Mahmadali    -    Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qashqadaryo filialining bolalar xirurgiyasi bo‘limi boshlig‘i, Qashqadaryo viloyati

Rahimqulov Xudoyqul Hakimovich    -    O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Markaziy harbiy klinik gospitali boshlig‘i

Sotvoldiyeva Mahbuba Nasirdinovna    -    Farg‘ona tumanidagi “Shohimardonobod” qishloq vrachlik punki mudiri, Farg‘ona viloyati

Inoyatova Flora Ilyasovna    -    Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi loyiha rahbari

Ergashova Muxtasarxon Yo‘ldoshevna    -    Baliqchi tumani tibbiyot birlashmasi boshlig‘i, Andijon viloyati

Sagirov Anvar Midxatovich    -    Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya markazining Xorazm filiali direktori

“El-yurt hurmati” ordeni bilan

Hojiboyev Abduhakim    -    O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari

"Mehnat shuhrati" ordeni bilan

Jumayev Baxtiyor Shernovich     -    Angor tumani tibbiyot birlashmasiga qarashli ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi infeksionisti, Surxondaryo viloyati

I darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni bilan

Beknazarov Jumanazar Beknazarovich    -    Toshkent pediatriya tibbiyot institutining urologiya bo‘limi professori

Rahmatullayev Mahmud    -    Karmana tumanidagi 1-qishloq vrachlik punkti mudiri, Navoiy viloyati

To‘rayev Namoz Abdusamatovich    -    Surxondaryo viloyati Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi bosh shifokori o‘rinbosari

II darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni bilan

Boboyeva Zamira Qayumovna    -    Navoiy viloyati bolalar yuqumli kasalliklari shifoxonasi bosh hamshirasi 

Karimova Rahbar Nurmatovna    -    Jizzax viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi pediatr shifokori 

Mahmudova Mahbuba Omonovna     -    Shayxontohur tumanidagi 40-oilaviy poliklinikasining bolalar nevropatologi, Toshkent shahri 

Salomov Ulug‘bek Inoyatovich     -    Samarqand viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi reanimatsiya bo‘limi mudiri 

Xolboyeva Tursun Omondullayevna    -    Sirdaryo viloyati Bolalar uyi bosh shifokori

“Do‘stlik” ordeni bilan

Agranovskiy Mark Leyzerovich     -    Andijon davlat tibbiyot instituti psixiatriya va narkologiya kafedrasi mudiri 

Ahmediyev Mahmud Mansurovich     -    Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bolalar bo‘limi mudiri 

Karimjonova Vazira Xolmatovna     -    Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinik biokimyo diagnostika laboratoriyasi mudiri 

I darajali “Salomatlik” ordeni bilan

Abdujabbarov Xolmo‘min     -    G‘allaorol tumani tibbiyot birlashmasi yuqumli kasalliklar bo‘limi infeksionisti, Jizzax viloyati 

Abdurazzoqov Alijon G‘aniyevich    -    Uchko‘prik tumanidagi «Mehrigiyo» xususiy korxonasi agronomi, Farg‘ona viloyati

Abdurayimov Bahodir Tursunovich    -    «Chortoq resort» mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Namangan viloyati

Abdurahmonov Komil Hamroqulovich     -    Samarqand viloyati yuqumli kasalliklar klinik shifoxonasi bo‘lim mudiri 

Borisova Yelena Mixaylovna    -    O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash masalalari qo‘mitasi raisi

Jiyanbayev Otabek Eshdavlatovich    -    Chilonzor tumanidagi «Magnum Medikal Servis» mas’uliyati cheklangan jamiyati bosh direktori, Toshkent shahri

Mamarahimov Habibulla Muxtorovich     -    Izboskan tumanidagi “Doktor Habibullo shifo nur” xususiy shifoxonasi bosh shifokori, Andijon viloyati 

 Muhiddinova Minnigul Asqarovna    -    Jizzax viloyati Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi bosh shifokorining birinchi o‘rinbosari 

Nazirov Feruz G‘afurovich     -    “Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi” davlat unitar korxonasi direktori 

Obidov Qobuljon Orifovich    -    Marhamat tumanidagi «Orifjon shifo maskani» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Andijon viloyati

Ro‘zimuhamedov Nurulla Sunnatullayevich    -    Olmazor tumanidagi «New Life Medical» xorijiy korxonasi ta’sischisi, Toshkent shahri

Sirojiddinov Komiljon Bobojonovich    -    Qo‘qon shahar tibbiyot birlashmasi boshlig‘i, Farg‘ona viloyati

Ubaydullayev O‘rozboq    -    Jizzax viloyatidagi «Istiqlol» bolalar oromgohi direktori 

Usmonov Hoshim Hamidovich    -    O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Markaziy gospitali boshlig‘i

II darajali “Salomatlik” ordeni bilan

Abdullayev Omondulla Ubaydovich     -    Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi anesteziolog-reanimatologi 

Abdullayeva Shohista Ergashevna    -    Namangan viloyati Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi epidemiologik monitoring va profilaktik tadbirlarni tashkil etish bo‘limi mudiri 

Abduxalilova Gulnora Qudratullayevna    -    Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti loyiha rahbari 

Akbarova Farida Shorahimovna    -    O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tasarrufidagi «Bo‘ston sanatoriysi» mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori, Toshkent viloyati

Allanazarov Sayfulla Suyarqulovich     -    Sirdaryo viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasi infeksionisti 

Bo‘tayeva Dilbarxon Ahmadovna     -    Mingbuloq tumani tibbiyot birlashmasi tez tibbiy yordam bo‘limi shifokori, Namangan viloyati 

Dolimova Dilbar Akbarovna    -    O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilg‘or texnologiyalar markazining biotexnologiya laboratoriyasi mudiri

Dushamova Mehribon Shavratovna     -    Xorazm viloyati endokrinologiya dispanseri bosh shifokori 

Jalilov Adham Qahramonovich     -    Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qarshi filiali kardioxirurgiya bo‘limi mudiri, Qashqadaryo viloyati 

Ismoilova Gulnora Ahmedovna    -    Samarqand shahridagi «Dardgir-shifo» mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori, Samarqand viloyati

Ismoilova Adolat Abdurahimovna     -    O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Immunologiya va inson genomikasi instituti laboratoriya mudiri

Qobilova Shahodat Bobomurodovna     -    Toshkent shahar OITSga qarshi kurashish markazi bosh shifokorining davolash ishlari bo‘yicha o‘rinbosari 

Qalandarova Lola Nurullayevna     -    Toshkent shahar ftiziatriya va pulmonologiya markazi direktori 

Karimova Nargiz Quddusovna    -    Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tibbiyot bo‘limi bosh shifokori

Madaminov Ma’rifjon     -    Respublika o‘lat profilaktikasi markazi vabo epidemiologiyasi va bakteriologiyasi laboratoriyasi mudiri 

Mamadiyorov Abdibullo Meyliyevich    -    Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasi bosh shifokorining o‘rinbosari 

Meyliyev Qahramon Ergashovich     -    Mirishkor tumani tibbiyot birlashmasi Jeynov shifoxonasi bosh shifokori, Qashqadaryo viloyati 

Mironets Olga Artemovna     -    Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi virusologiya laboratoriyasi mudiri 

Nurullayev Qurbonnazar Aminovich    -    Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi jazoni ijro etish koloniyasi davolash-profilaktika yordam ko‘rsatish xizmati bosh shifokori

Oltiyev Usmon Bebitovich     -    Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi anesteziologiya va reanimatsiya bo‘limi mudiri 

Pirnazarov Ma’ruf Mahmudjonovich    -    Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi bo‘lim boshlig‘i 

Sultonova Muhabbat Muydinovna     -    Andijon viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasi shifokori 

To‘rayev Ahmad Musurovich     -    Dehqonobod tumani tibbiyot birlashmasi yuqumli kasalliklar bo‘limi mudiri, Qashqadaryo viloyati 

Ubaydullayev Vahobiddin Hoshimovich     -    Farg‘ona viloyati perinatal markazi reanimatsiya bo‘limi mudiri 

Umarov Shuhrat Jumadullayevich     -    Respublika o‘lat, karantin va o‘ta xavfli yuqumli kasalliklar muhofazasi markazi laboratoriya mudiri 

Xo‘jayev Bozor Ozodovich     -    Shahrisabz tumani yuqumli kasalliklar shifoxonasi reanimatolog shifokori, Qashqadaryo viloyati 

Hojimuhamedova Ra’no Abdullayevna    -    Olmazor tumanidagi «G‘uncha Med servis» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Toshkent shahri

Xudoyberganov Ramatillo Karimovich     -    Xonqa tumani tibbiyot birlashmasi yuqumli kasalliklar bo‘limi mudiri, Xorazm viloyati 

Sharipov Ravshan Ollayorovich     -    Toshkent tibbiyot akademiyasining anesteziologiya  va reanimatologiya kafedrasi katta o‘qituvchisi 

Yuldoshev Abduvohid Abdurashidovich     -    Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Andijon filiali tez tibbiy yordam bo‘limi shifokori 

Yuldoshev Safarboy Rajabovich     -    Tuproqqal’a tumani tibbiyot birlashmasi tez tibbiy yordam bo‘limi shifokori, Xorazm viloyati 

“Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan

Rizayev Kamol Saidakbarovich     -    Toshkent davlat farmatsevtika instituti rektori

“Sog‘lom turmush” medali bilan

Abdurahmonov Abubakir Ahmedovich    -    O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari bosh sanitariya shifokori

Arabova Salima Bozorovna     -    Qiziriq tumani tibbiyot birlashmasi diagnostika bo‘limi ultratovush tekshiruvi shifokori, Surxondaryo viloyati 

Bayburina Go‘zal Salavatovna    -    Markaziy harbiy klinik gospitali anesteziologiya va reanimatsiya bo‘linmasi feldsher-katta tibbiyot hamshirasi

Bayzaxova Raya Kosshigulovna     -    Tomdi tumanidagi “Keregetau” qishloq vrachlik punkti katta hamshirasi, Navoiy viloyati 

Dilov Elbek Shukrulloyevich     -    Buxoro viloyati narkologiya dispanseri reabilitatsiya bo‘limi narkolog-shifokori 

Ibodullayeva Nargiz Sapiyevna     -    Virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti katta ilmiy xodimi 

Ismatova Ra’no Ahadovna     -    Buxoro davlat tibbiyot instituti akademik litseyi direktori 

Karimberdiyev Bahriddin Ismatillayevich    -    Toshkent tibbiyot akademiyasi 2-klinikasi bosh shifokorining jarrohlik ishlari bo‘yicha o‘rinbosari 

Mamadaliyev Jo‘raqul    -    Janubi-G‘arbiy maxsus harbiy okrugi Qarshi harbiy gospitali jarrohlik bo‘linmasi vrachi

Pirova Feruza Boltayevna     -    Buxoro viloyati Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi virusologiya laboratoriyasi mudiri 

Rahmonova Go‘zalxon Sadbarovna     -    Namangan shahri Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi sanitariya-bakteriologiya bo‘limi laboranti, Namangan viloyati 

Tojiboyev Farhodjon Mahmudovich     -    Paxtaobod tumani tibbiyot birlashmasi yuqumli kasalliklar bo‘limi mudiri, Andijon viloyati 

Esamuratov Ravshanbek Ibragimovich     -    Xorazm viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi anesteziologiya-reanimatsiya bo‘limi shifokori 

Eshonqulova Hilola Abdusalomovna     -    Samarqand viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi sun’iy buyrak bo‘limi katta tibbiy hamshirasi 

Yarmuhamedova Nargiza Anvarovna     -    Samarqand davlat tibbiyot instituti yuqumli kasalliklar, epidemiologiya va teri-tanosil kasalliklari kafedrasi mudiri 

“Kelajak bunyodkori” medali bilan

Saidazimov Firuz Shoazimovich    -    O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligining boshlang‘ich tashkilot yetakchisi (volontyor)

Safarova Kamola Hamroyevna    -    Toshkent davlat stomatologiya instituti talabasi (volontyor)

“Jasorat”medali bilan

Ne’matov Odiljon Nizomiddinovich (marhum)     -    Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya  va pulmonologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining o‘pka sili jarrohligi bo‘limi mudiri 

Rustamov Farrux Farhodovich (marhum)     -    Toshkent viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi reanimatsiya bo‘limi anesteziolog-reanimatologi

Sharipova Venera Vasilevna (marhum)     -    Yakkasaroy tumani tibbiyot birlashmasi markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikasi bosh hamshirasi, Toshkent shahri 

Shukrullayev Bahrom Karomovich (marhum)     -    Olmazor tumanidagi 18-oilaviy poliklinika shifokori, Toshkent shahri 

“Shuhrat” medali bilan

Barotova Kamola Uzoqovna     -    Romitan tumani tibbiyot birlashmasi tez tibbiy yordam bo‘limi shifokori, Buxoro viloyati 

Dehqonova Shahnoza Zoirovna    -    Jizzax viloyati Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi virusologiya laboratoriyasi laboranti 

Isroilov Jahongirxon Jamshidxonovich     -    Toshkent tibbiyot akademiyasi xalqaro fakulteti dekani

Mardonova Sohiba Mamarahimovna     -    Samarqand viloyati yuqumli kasalliklar klinik shifoxonasi hamshirasi 

Sagdullayev Abdullo Narzullayevich    -    Toshkent tibbiyot akademiyasi 1-klinikasi epidemiolog shifokori 

Suvonqulov O‘ktamjon Toirovich     -    O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Tibbiy parazitologiya ilmiy-tekshirish instituti direktori 

Xayriddinova Nasibaxon No‘’monovna     -    Andijon viloyati “Saxovat” keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar internat uyi hamshirasi 

Xolmurodov O‘rozmurod Qarshiyevich    -    O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari epidemiologiya bo‘linmasi boshlig‘i

Xudoyqulova Gulnora Karimovna    -    Toshkent tibbiyot akademiyasining bolalar yuqumli kasalliklari kafedrasi dotsenti 

Sharipov Azamat Bahodirovich     -    Qashqadaryo viloyati ftiziatriya va pulmonologiya markazi bo‘lim mudiri


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

112

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing