Prezident Xitoy va Turkmanistondagi elchilarning diplomatik martabasini oshirdi
Jamiyat
−
29 avgust 2022 4618 1 daqiqa
O‘zbekiston mustaqilligining 31 yilligi arafasida Prezidentining farmonlari bilan qator diplomatik missiyalar rahbarlariga oliy diplomatik martabalar berildi.
Prezident farmonlari bilan:
O‘zbekiston Respublikasining Xitoy Xalq Respublikasidagi elchisi Farhod Arziyev va Turkmanistondagi elchisi Akmaljon Qo‘chqorovga – Favqulodda va Muxtor elchi martabasi;
O‘zbekiston Respublikasining Avstriya Respublikasidagi elchisi Abat Fayzullayev, UNESCO’dagi doimiy vakili Umid Shodiyev va Jenevadagi BMT bo‘linmasidagi doimiy vakili Ulug‘bek Lapasovga – 2-darajali Favqulodda va Muxtor vakil martabasi berildi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025