Prezident qiymati 1,2 milliard dollarlik IES qurilishiga start  berdi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Bugun, 24 mart kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirokida Surxondaryo viloyati Angor tumanida yangi issiqlik elektr stansiyasi qurilishini boshlab berdi.  Mazkur stansiyani 2024 yil oxirida ishga tushirish rejalashtirilgan.
  
Loyihaning umumiy qiymati 1,2 milliard dollar bo‘lib, uning natijasida 1 ming 560 megavatt quvvat yaratiladi, yiliga 12 milliard kilovat-soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Loyiha doirasida eng zamonaviy texnologiyalar o‘rnatilib, yiliga 1 milliard kub metr tabiiy gaz tejaladi.

Majmua Surxondaryodagi birinchi barpo etiladigan eng yirik issiqlik elektr stansiyasi bo‘ladi. Loyiha Germaniyaning “Siemens Energy”, Fransiyaning “IDEF”, Niderlandiyaning “Stone City Energy” kompaniyalari tomonidan davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshiriladi.

“Biz oxirgi yillarda energetika sohasida katta islohotlarni amalga oshirib, sohani to‘liq transformatsiya qilmoqdamiz. Jumladan, elektr ishlab chiqarishga ilk bor xususiy sektor ishtiroki uchun keng imkoniyatlar ochildi. So‘nggi uch yilda umumiy quvvati 1 ming Megavattdan ziyod bo‘lgan 5 ta elektr stansiyasi davlat-xususiy sheriklik asosida ishga tushirildi. Jalb etilgan xorijiy investitsiyalar hajmi 1 milliard dollardan oshdi”, deydi Shavkat Mirziyoyev. 

Ma’lumot uchun, hozirgi kunda mamlakatda quvvati 9 ming Megavatt bo‘lgan yana 19 ta elektr stansiyasi barpo etilmoqda. Ularning umumiy qiymati 10 milliard dollardan ziyod.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

247

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing