Prezident Qarshida yig‘ilish o‘tkazyapti
Jamiyat
−
25 Oktabr 2023
8204Qarshi shahrida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Qashqadaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari yuzasidan bo‘lib o‘tadigan yig‘ilish boshlandi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Prezident yig‘ilish davomida dunyodagi vaziyat va ziddiyatlar tobora kuchayib borayotgani, bunday sharoitda befarq bo‘lib, “kun o‘tsa bo‘ldi” qabilida ish tutadigan rahbarlar eng katta dushman ekanini aytgan
“Mamlakatimiz, xalqimiz tinchligi, farovonligi va kelajagi uchun yangi korxonalar, ish o‘rinlari, yangi bozorlar, investitsiya, katta-katta tushumlar kerak”, deydi Mirziyoyev.
Shuningdek, hokim va vazirlar asosiy hamkor davlatlar bozoridagi tebranishlar, savdo cheklovlari davom etaversa, mahsulotlarni qayerga va qanday sotish kerak, qaysi korxonaga qanday ko‘mak berish zarur, degan masalalar ustida bosh qotirishi shartligi aytilgan.
LiveBarchasi