Endi chet elda ishlayotganlar pensiya olmoqchi bo‘lsa, soliq to‘laydi

Jamiyat

image

2021 yilning 1 yanvaridan boshlab mehnat migrantlari o‘z-o‘zini band qilgan fuqarolar sifatida ro‘yxatga olinadi va belgilangan tartibda soliq to‘laydi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev tomonidan joriy yilning 14 sentyabr kuni imzolangan “Xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida so‘z boradi.

“2021 yil 1 yanvardan boshlab tashkillashtirilgan holda xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish – o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlariga tenglashtiriladi hamda ushbu shaxslarga o‘zini o‘zi band qilganlari uchun belgilangan soliqlarni to‘lash hamda pensiya miqdorini hisoblash tartibi qo‘llaniladi”, deyilgan prezident qarorida.

Kelasi yil 1 yanvardan boshlab bo‘lajak migrantlarning oila a’zolari kam ta’minlangan oila sifatida ro‘yxatga olinib, xorijga chiqib ketishi uchun mikroqarzlar berilishi kutilmoqda. Bundan tashqari yo‘l puli va dastlabki xarajatlarni qoplash uchun beriladigan mikroqarzlar 10 mln so‘mgacha bir yil muddatga past foiz stavkasida (14-21 foiz) beriladi.

Shuningdek, qarorda ko‘rsatilishicha, chet davlatlarda murakkab moliyaviy ahvolga tushgan 10 mingga yaqin fuqarolarga 446 ming so‘mdan (40 dollar) bir martalik moddiy yordam ko‘rsatiladi. Ushbu maqsadlarga 4,1 mlrd so‘m mablag‘ ajratilgan. Mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan shaxslarni bandligi ta’minlanadi, kasbiy malakasi oshiriladi va tadbirkorlik tashabbuslari rag‘batlantiriladi.

Dinara Yusupova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

2371

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing