Prezident qarori: 259 ming o‘ringa ega maktablar quriladi

Jamiyat

image
O‘zbekistonning ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasi rivojlantiriladi. Buning uchun davlat byudjetidan jami 76 trln 881 mlrd so‘m ajratiladi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyevning “2022–2024 yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan. 
 
Qarorga ko‘ra, 2022–2024 yillarda O‘zbekistonning ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi qabul qilingan. Dastur doirasida belgilangan yillarda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish uchun jami 76 trln 881 mlrd so‘m ajratiladi. 
 
Qayd etilishicha, mazkur yillarda jumladan quyidagi ijtimoiy va ishlab chiqarish ob’ektlarini ishga tushirish nazarda tutilgan:
 
● 54 230 o‘quv o‘rni va 8 358 yotoq o‘rniga ega oliy ta’lim muassasalari;
 
● 259 101 o‘quv o‘rniga ega, 248 ta sportzaldan iborat umumta’lim, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar;
 
● 88 310 o‘ringa ega maktabgacha ta’lim tashkilotlari;
 
● 24 213 o‘ringa ega sog‘liqni saqlash muassasalari.
 
Shuningdek, qarorga muvofiq, Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha Respublika komissiyasi tuzilgan. 
 

Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

238

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing