Prezident ixtisoslashgan tibbiyot muassasalari bo‘yicha talab qo‘ydi
Jamiyat
−
01 aprel 2021
4689O‘zbekistonda ixtisoslashgan tibbiyot markazlarining vertikal ish tizimini takomillashtirib, ularni oilaviy shifokor punktlari bilan bog‘lash zarur. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev kasalliklarni oldini olish va patronaj xizmati ko‘rsatish borasida mutlaqo yangi tizim yaratish bo‘yicha yig‘ilishda aytib o‘tdi.
“Ixtisoslashgan markazlarni ishini tuzatsangiz tuzatdingiz, bo‘lmasa hammasini qayta ko‘rib chiqamiz”, dedi Prezident Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Abdulla Azizovga.
Bu borada Namangan tajribasini kengaytirib, barcha bemorlarni poytaxtga yubormasdan, ularga yashash joyida ixtisoslashgan tibbiy yordam olish imkoniyatini yaratish kerakligi ta’kidlandi.
Viloyatda 763 ta mahalladagi 33 mingta xonadonga kirib, 37 ming aholi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan. Shundan, 22 ming nafarini ambulator, 4,5 mingini viloyat, tuman va shahar tibbiyot muassasalarida rejali statsionar davolash tashkil etilgan.
Misol uchun, Toshkent shahridagi shifoxonalarni xatlovdan o‘tkazish natijasida, 30-40 foiz shoshilinch tibbiyot o‘rinlaridan maqsadsiz foydalanish holatlari aniqlangan.
Natijada, oilaviy shifokorlar tomonidan rejali davolanishga berilayotgan orderlar soni 6 baravarga oshib, yiliga 50 mingtaga yetkazildi (o‘tgan yili poytaxtda 8 mingta order berilgan).
LiveBarchasi