Prezident grantiga da’vogarlar ro‘yxati e’lon qilindi

Jamiyat

image

Davlat test markazining mandat saytidagi ro‘yxatda Prezident granti uchun da’vogarlik qiladigan abituriyentlar ro‘yxati e’lon qilindi. Unga ko‘ra, 185,85 balldan yuqori ko‘rsatkichga erishgan 233 nafar abituriyent Prezident grantini qo‘lga kiritishi mumkin. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Bunda 200-o‘rindagi abituriyent bilan bir xil ball to‘plagan barcha abituriyentlar ushbu grantga da’vogarlik qilishadi. Natijalarga ko‘ra, 185-o‘rindan 233-o‘ringacha abituriyentlar bir xil 185,85 ball to‘plagan. Shu bois, ularning barchasi Prezident grantiga da’vogarlik qiladi.

Qayd etish kerakki, Prezident grantini olganlar garchi kontraktga kirgan bo‘lsa ham davlat granti asosida o‘qiydi. Ushbu grantga da’vogarlik qilayotgan  abituriyentlarning 73 nafari Toshkent davlat yuridik universitetiga to‘g‘ri keladi.

Biroq, ushbu natijalar koronavirusga chalingan yoki test kuni isitmasi yuqori bo‘lgan abituriyentlar uchun o‘tadigan qo‘shimcha test sinovlaridan keyin o‘zgarishi mumkin.

Ma’lumot o‘rnida, respublika bo‘ylab jami 75 nafar abituriyent eng maksimal 189 ball to‘plagan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

257

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing