Prezident “Geodeziya va kartografiya faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunni imzoladi
Jamiyat
−
03 iyul 2020
4640O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kecha, 2 iyul kuni “Geodeziya va kartografiya faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini imzoladi.
Qonun bilan geodeziya va kartografiya faoliyati sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari hamda tegishli davlat organlarining sohadagi vakolatlari belgilandi.
Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi geodeziya va kartografiya faoliyati sohasidagi maxsus vakolatli organ hisoblanadi.
Qonunga muvofiq, geodeziya va kartografiyaga oid ishlar umumdavlat hamda maxsus (tarmoqqa oid) turlarga ajratiladi.
Shuningdek, Qonun bilan sohaga oid ishlarni bajarishga doir asosiy talablar belgilandi.
Geodeziya va kartografiya faoliyati yoki sohaga oid ishlarning ayrim turlarini litsenziyalash Hukumat tomonidan belgilanadi.
Litsenziya yuridik shaxslarga amal qilish muddati cheklanmagan holda beriladi.
Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan, umumdavlat ahamiyatiga molik bo‘lgan ishlarni bajarish natijasida olingan materiallar ekspertiza qilinadi.
Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan yaratilgan geodeziya va kartografiya faoliyati mahsuloti, shu jumladan davlat kartografiya-geodeziya fondi materiallari (ma’lumotlari) O‘zbekiston mulkidir.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 3 oy o‘tgach kuchga kiradi.
LiveBarchasi