Prezident G‘aniyev va Xaitovni eskicha ishlash va qo‘shib yozishda aybladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 5 sentyabr kuni o‘tkazayotgan oziq-ovqat mahsulotlari narxlari barqarorligini ta’minlash va zaxirasini yaratish masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishida Bosh vazirning Agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari va Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi Aktam Xaitovni eskicha ishlayotgani va balandparvoz raqamlarga berilib ketganini tanqid qildi. Bu haqda Prezident Matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi. 

“Agrar sohada belgilab olgan katta islohotlarimizni jadal amalga oshirish birinchi navbatda ushbu soha rahbarlari G‘aniyev, Xaitov, yangi vazir Voitov va o‘rinbosarlari fidoyiligiga bog‘liq. 

Bandlikni ko‘paytirish, kambag‘allikni qisqartirish ham birinchi galda qishloq xo‘jaligidagi o‘sishga bog‘liqligini ular tushunishi kerak", degan Prezident.

Lekin, Bosh vazir o‘rinbosari Shuhrat G‘aniyev, Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi Aktam Xaitov hali eskicha ishlayotgani, balandparvoz raqamlarga berilib ketgani tanqid qilingan. 
 
Yig‘ilishda soha rahbarlarining vazifasi Prezidentga katta-katta raqamlar bilan hisobot berish emas, qishloqdagi dehqon, fermer masalasini hal qilish, og‘irini yengil qilish ekani ko‘rsatib o‘tilgan.

Lekin, muhim ishlar chetda qolib, qo‘shib yozishlar, noma’qul ishlar ko‘payib borayotgani qat’iy tanqid ostiga olingan.

Yo‘l qo‘ygan kamchiliklari uchun qishloq xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari Shuhrat Teshayev lavozimidan ozod etilgani, vazir o‘rinbosari Shuhrat Mirzayevga hayfsan berilgani aytib o‘tildi.

“Bundan buyon G‘aniyevdan ham, Xaitovdan ham, yangi vazir Voitovdan ham juda qattiq so‘rov bo‘ladi”, degan Prezident so‘zining yakunida.

Yig‘ilishda muhokama qilingan masalalar yuzasidan mutasaddilarning hisoboti eshitilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

596

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing