Prezident Farg‘onadagi tayyorlanmagan mahallaga kutilmaganda kirib bordi (video)

Jamiyat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning hafta davomidagi faoliyati aks etgan “Maxsus rakurs” ko‘rsatuvining navbatdagi sonida Farg‘ona shahridagi “Shodiyona” mahallasiga kutilmaganda, piyoda kirib borgani aks etgan lavha e’lon qilindi.

Lavhada aytlishicha, voqealar rivoji bunday tus olishini kutmagan, undan sarosimaga tushib qolgan shahar hokimligi vakillari Prezidentni shu atrofda barpo bo‘lgan yangi monomarkazga taklif qilgan. Davlat rahbari bu taklifni qat’iyan rad etgan va mahalla bo‘ylab piyoda yurib, odamlar holidan xabar olgan.

Mahallani kezar ekan, Prezident belgilangan manzil tomon eltuvchi yo‘nalishni hamroh rahbarlardan emas, balki shu yerda yashovchi odamlardan so‘rab olgan. Mahallada, ko‘chada, o‘z hovlisida bunday mehmonni uchratib qolishni hech kim kutmagandi: na mahalliy hokimlik vakillari, na mahalliy aholi. Davlat rahbari mahallani sinchiklab o‘rganib chiqib, yo‘nalishni to‘g‘ri odamlar yig‘ilib turgan ko‘p qavatli uyning ostonasiga burgan, xavfsizlik xizmati esa shoshilgancha hammaga yuz niqoblarini kiydirgan.

“Farg‘onaga bugun yangi hokim qo‘ydik. Ko‘p rejalarni ko‘rdik. “Mahallabay” ishlash tizimini joriy qilmoqchimiz. Mahallada qanday ishlaymiz, mana shularga e’tibor beryapmiz. «Shodiyona» mahallasining ham ertangi kuni, yo‘llarning asfalti, elektr energiyasi, gazi – shularni boshqacha tarzda qilmoqchimiz. Shuning uchun o‘zim aylanib yuribman”, deydi Shavkat Mirziyoyev.  

Mahallaning ayrim aholisi Shavkat Mirziyoyevni ko‘zda yosh bilan kutib olib, xuddi shunday tarzda kuzatdi. Hatto mahalliy aholi vakillaridan biri Prezidentni to‘yga taklif qilishga ham ulgurdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

245

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing