Bugun 7 hududda qariyb 500 bemor sog‘aydi
Jamiyat
−
20 avgust 2020
10313Bugun, 20 avgust kuni O‘zbekistonda 581 holatda kasallik qayd etilgan bo‘lib, barchasi tana harorati ko‘tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shu bilan birga, Toshkent shahrida 4 nafar, Surxondaryo viloyatida 1, Toshkent viloyatida ham 1 nafar, jami 6 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
Kun davomida Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent, Namangan, Samarqand, Navoiy hamda Andijon viloyatlarida jami 498 nafar bemor sog‘aydi.
Hozirda kasallik qayd etilgan jami 37 693 nafar bemordan 33 442 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 88 foizni tashkil etmoqda.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 3997 nafar bemordan 255 nafari og‘ir, 66 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
LiveBarchasi