Prezident ertaga 15 ta telekanalda chiqish qiladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasi – mamlakatimiz siyosiy hayotidagi eng muhim voqea. 2017 yildan buyon an’anaga aylangan bu tadbirda tugayotgan yildagi asosiy ko‘rsatkichlar, yangi yilga mo‘ljallangan maqsad va vazifalar e’lon qilinadi. Shu bois o‘zbek xalqi uni katta qiziqish bilan kutadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning bu galgi Murojaatnomasi 29 dekabr kuni soat 11:00 da boshlanadi. Unda joriy yilda erishilgan natijalar, “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” Davlat dasturi doirasida bajarilgan ishlar aytib o‘tiladi. Kelgusi yilga nom berilib, mamlakatni yanada rivojlantirishga qaratilgan eng muhim vazifalar, ichki va tashqi siyosatga doir ustuvor yo‘nalishlar belgilanadi.

Davlat rahbari bu gal ham ko‘plab takliflarni bildirishi kutilmoqda.

Ushbu nufuzli anjuman poyxtdagi Xalqaro kongress markazida bo‘lib o‘tadi. Unda Oliy Majlis Senati a’zolari va Qonunchilik palatasi deputatlari, davlat tashkilotlari rahbarlari, jamoatchilik vakillari ishtirok etadi.

Murojaatnoma "O'zbekiston 24", "O'zbekiston", "Yoshlar", "Mahalla", "Madaniyat va ma'rifat", "Toshkent", "Dunyo bo’ylab", "O'zbekiston tarixi", "Oilaviy", "Mening yurtim", "Sevimli", "Uzreport", "Milliy", "Zo'r TV" (o‘zbek tilida); "Toshkent", "Oilaviy", "Mening yurtim" (rus tilida); "Dunyo bo’ylab", "Uzreport" (ingliz tilida) telekanallarida jonli efirda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida onlayn yoritib boriladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

503

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing