Prezident eksportyor tadbirkorlarga imtiyozlar beruvchi farmonni imzoladi
Jamiyat
−
22 dekabr 2022
5897O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 22 dekabr kuni "Tadbirkorlik sub’ektlarining eksport faoliyatini qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.
Mazkur Farmon bilan Eksportni rag‘batlantirish agentligi tomonidan eksportoldi moliyalashtirish uchun ajratiladigan resurslardan berilgan kreditlarni o‘z vaqtida so‘ndirib kelayotgan tadbirkorlik sub’ektlariga amaldagi kreditning so‘ndirilgan qismiga mutanosib ravishda qo‘shimcha kreditlar ajratish imkoniyati yaratilmoqda.
Shuningdek, 2024 yil 1 yanvarga qadar Yevropa, Turkiya, Misr va Marokash davlatlariga gazlama va trikotaj mato mahsulotlarini eksport qilishda transport xarajatlarining 70 foizgacha miqdorida kompensatsiya qilishga subsidiyalar taqdim etiladi.
Paxta, kungaboqar, makkajo‘xori va soya yog‘idan tashqari barcha o‘simlik yog‘larini eksport qilishga ruxsat berilmoqda.
LiveBarchasi