Prezident cho‘ntagidan qog‘oz chiqarib, hokimga nochor mahallalarni sanab berdi (video)
Jamiyat
−
08 fevral 2021
51988O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning hafta davomidagi faoliyati aks etgan “Maxsus rakurs” ko‘rsatuvining navbatdagi sonida Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanidagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va yangi loyihalar bilan tanishdi.
Unda Prezident ichki cho‘ntagidan ikkiga buklangan qog‘oz chiqarib, kutilmaganda Oltiariq tumani hokimiga, tumandagi nochor mahallalarni sanab berdi.
“Har bir mahallani nomi bilan o‘rganib kelganman. Misol uchun, sening tumaning Oltiariqda “Gulobod” – eng og‘ir mahalla. Qolaversa, “Navqiron”, “Zilol”, “Yangiariq”, “G‘ayrat”, “Sharq”, “Jonibek”, “Yangi arab”, “Qiziltepa” ham bor. Nizomiddinov (Prezident adminstratsiyasi rahbari – tahr.) menga mana shu hamma mahalla bo‘yicha, bugun kechqurungacha, Qo‘chqorovning odamlari, Mamatqulovning o‘zi joriy qilishi kerak. Barcha 123 ta mahalla bo‘yicha boshing bilan javob berasan. Mana sen Niyozov, (Oltiariq tumani hokimi – tahr) shu mahallalarda odamlar bizdan rozi, deb o‘ylaysanmi? Norozi”, deydi Shavkat Mirziyoyev.
LiveBarchasi