Blogerlar Ispaniyada zaharlandi

Olam

Instgaram’da blogerlik qiluvchi bir necha sayyoh Ispaniyadagi zaharli ko‘lda cho‘milgandan so‘ng shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda Yeuronyews xabar bermoqda. 

Galisiya shahridagi Monte Neme suv omborida cho‘milgandan so‘ng, odamlarda teri toshmasi va hazmsizlik kabi kasalliklar kuzatilgan. Suv ombori joylashgan yarim orol Ispaniya shimolida bo‘lib, mahalliy aholi tomonidan “Ispan Maldiv orollari” deya yuritiladi. 

80-yillarda volfram konining suv ostida qolishi natijasida yuzaga kelgan mazkur suv omborida suzish sog‘liq uchun xavfli. 

Ispaniyada bunday ko‘llardan 6 tasi aniqlangan bo‘lib, ekologlar mahalliy hokimiyatlardan suv omborlari hududiga kirishni cheklashni talab qilmoqda.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

37

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing