Prezident “buqoq”qa qarshi kurashni tanqid qildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston xalqi sog‘liqni saqlash tizimidan mutlaqo norozi.  Endokrin kasalliklarining oldini olish borasida birlamchi bo‘g‘inda hali qilinadigan ishlar ko‘p. Bu haqda bugun, 10 dekabr kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev endokrin kasalliklarning oldini olish, ularni erta aniqlash va davolash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari yuzasidan o‘tkazilgan videoselektorda aytib o‘tdi. 

“Markaziy shifoxona va markaziy poliklinikada laboratoriyalarning ish vaqti tushlik payti – soat 14:00 da tugaydi. Tun-u kun ishlaydigan shoshilinch tibbiy yordam bo‘limi laboratoriyasi esa, bir hududda bo‘la turib, shifoxonaning boshqa bo‘limlariga xizmat ko‘rsatmaydi”, deydi Prezident.

Shavkat Mirziyoyevga ko‘ra, tumanlarda yod defitsiti, qalqonsimon bez kasalliklarini aniqlash bo‘yicha gormonal tahlillar yo‘lga qo‘yilmagani bois, aholi xususiy laboratoriyalarga borishga majbur bo‘lmoqda. 

“Oqibatda xalqimiz sog‘liqni saqlash tizimidan mutlaqo norozi. Bularni viloyat, tuman va shahar hokimlari, sog‘liqni saqlash idoralari boshliqlari bilmaydi-mi?”, deydi Shavkat Mirziyoyev.

Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, endokrin kasalliklarini barvaqt aniqlash, ularning oldini olish va davolash bo‘yicha alohida dastur qabul qilinadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

228

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing