Prezident Bozorovga: Tun-u kun mahallada ishlamagan o‘rinbosarni ishdan bo‘shat

Jamiyat

image

Avval xabar berganimizdek, bugun, 27 yanvar kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev yoshlar masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorovning shu yo‘nalishda qilingan ishlar hisobotini tingladi.

Prezident viloyat hokimi Bozorovga o‘rinbosarlari “mahallabay” ishlashi kerakligini aytib, agar ular asosiy vaqtini mahallarda ishlashga sarflashi kerakligini aytib o‘tdi. Agarda ular shu tarzda ishlamasa, ularni ishdan olishga ko‘rsatma berdi.

“Tun-u kun mahallada ishlamagan o‘rinbosarni ishdan bo‘shat. O‘rniga yoshlarni qo‘yish kerak. Mahallada ishlasa, maoshini ham oshiramiz, mukofotlaymiz ham”, dedi Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyati hokimiga qarata.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1024

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing