Prezident boshchiligida koronavirus qurbonlari xotirasiga Qur’on tilovat qilindi
Jamiyat
−
31 avgust 2020
5516Biroz avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 31 avgust kuni Shahidlar xotirasi xiyoboniga tashrif buyurdi, majmuadagi ramziy qabr yonida qatag‘on qurbonlari ruhlariga bag‘ishlab Qur’on tilovat qilindi.
Marosimda koronavirus pandemiyasi sabab vafot etgan marhumlar xotirasiga bag‘ishlab ham Qur’on tilovat qilindi. Bemorlarning tezroq sog‘ayishini Allohdan so‘rab, duo o‘qildi.
“O‘z yaqinlaridan judo bo‘lgan barcha oilalarga chuqur hamdardlik bildirib, sabr-toqat tilayman. Davolanayotgan bemorlarimizning dardiga shifo berishini Xudodan so‘raymiz. Olti oydan beri shu balo bilan kurashyapmiz. Bu kasallik yurtimizdan tezroq ketishini so‘rab duo qilami”, deydi davlat rahbari.
Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 41 651 nafarga yetdi. Ularning 38 819 nafari sog‘aygan, 317 kishi ushbu virus sabab vafot etdi.
LiveBarchasi