Prezident bir qator tuman hokimlarini qat’iy ogohlantirdi

Jamiyat

image

O‘zbekistonning bir qator tumanlarida ko‘chat ekish ishlari haligacha boshlanmagani sababli hudud rahbarlari qat’iy ogohlantiriladigan bo‘ldi. Bu haqda bugun, 9 noyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi.
Ta’kidlanishicha, bir hafta oldin o‘tkazilgan selektor yig‘ilishida “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish bo‘yicha barcha masalalar tuman darajasida birma-bir tushuntirib berilgan.

“Oxirgi 3-4 kunda bo‘lib o‘tgan changli ob-havo sharoiti ham ushbu dastur qanchalik to‘g‘ri ekanligini yaqqol ko‘rsatib turibdi”, dedi Prezident.

Davlat rahbari mutasaddilarni loyihani amalga oshirishda qo‘shib yozish, raqamlarni bo‘rttirib ko‘rsatish, ishlarni pala-partish bajarishga yo‘l qo‘ymaslik haqida qat’iy ogohlantirdi.

Shuningdek, tadbir davomida bugungi kunga qadar Qoraqalpog‘iston, Namangan, Toshkent viloyati va Toshkent shahri ishga faol kirishgani, lekin Surxondaryo, Sirdaryo va Xorazm viloyatlarida daraxt ekish reja ko‘rsatkichlaridan ancha ortda qolayotgani ta’kidlandi.

Shu bilan birga, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Tomdi, Do‘stlik, Arnasoy, Forish, Yangiariq, Sherobod, Termiz, Muzrabot, G‘uzor, Kitob tumanlarida ko‘chat ekish ishlari haligacha boshlanmagani sababli ushbu tuman hokimlariga qat’iy ogohlantirish beriladigan bo‘ldi.

Azizbek Nahanov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

840

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing