Prezident Administratsiyasining yana bir mas’uli hokim bo‘ldi

Jamiyat

image

Nuriddin Karimovich Abdurahmonov Angren shahar hokimi etib tayinlandi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi Matbuot xizmati ma’lum qildi.
 
Qayd etilishicha, bugun, 31 yanvar kuni Xalq deputatlari Angren shahar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tgan. Sessiyada tashkiliy masala ko‘rilgan. 

Unda shu vaqtga qadar Angren shahar hokimi lavozimida ishlab kelgan Shukurulla Mahmudov boshqa ishga o‘tgani munosabati bilan lavozimidan ozod qilingan. 

“Angren shahar hokimi lavozimiga Abdurahmonov Nuriddin Karimovich nomzodi ko‘rsatilib, deputatlar tomonidan tasdiqlandi”, deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, Nuriddin Abdurahmonov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida mas’ul xodim sifatida faoliyat yuritib kelgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

270

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing