Prezident Administratsiyasida Din ishlari bo‘yicha sho‘’ba mudiri tayinlandi
Jamiyat
−
08 noyabr 2019
8407O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning farmoyishiga binoan Zikirilla Abbosovich Mahmudov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi din ishlari bo‘yicha sho‘’basi mudiri lavozimiga tayinlandi.
Zikirilla Mahmudov 1983 yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan. Ma’lumoti – oliy. 2006 yilda Toshkent islom universitetini, 2010 yilda O‘zbekiston milliy universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi – huquqshunos.
Zikirilla Mahmudov o‘z mehnat faoliyatini 2006 yilda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Jamoat, nodavlat notijorat va diniy tashkilotlar boshqarmasining katta maslahatchisi lavozimidan boshlab, vazirlik tizimida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan.
2018 yildan hozirgi vaqtga qadar Adliya vazirligining Nodavlat notijorat tashkilotlar boshqarmasining boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.
LiveBarchasi