Prezident Administratsiyasi to‘liq emlangani ma’lum bo‘ldi
Jamiyat
−
13 avgust 2021
6082O‘zbekistonda Prezident Administratsiyasi rahbariyati va xodimlarining koronavirusga qarshi to‘liq emlangani aytilmoqda.
Xabarlarga ko‘ra, Administratsiyadan tashqari, Vazirlar Mahkamasi rahbariyati va xodimlari ham koronavirus infeksiyasiga qarshi to‘liq emlangan.
Ushbu jarayonda asosan ZF-UZ-VAC2001 o‘zbek-xitoy vaksinasi va Rossiyaning “Sputnik V” preparati qo‘llanilgan.
Ma’lumot o‘rnida, hozir kunda O‘zbekistonda 4 ta vaksina ro‘yxatdan o‘tgan. Bular: “Sputnik V”, AstraZeneca, ZF-UZ-VAC2001 va Moderna preparatlari.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda ko‘plab yuqori martabali amaldorlar koronavirusga qarshi emlanmoqda va bu orqali ular jamoatchilikni ham emlanishga jalb qilyapti. Shu vaqtga qadar, Bosh vazir Abdulla Aripov, Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov, Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Bahodir Yusupaliyev, Adliya vaziri Ruslanbek Davletov va boshqalarning vaksina olgani haqida xabar berildi.
LiveBarchasi