Prezident 7 amaldorga hayfsan berdi. Ular orasida Ramatov ham bor
Olam
−
15 dekabr 2022 16194 2 daqiqa
Ayni vaqtda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida tadbirkorlik va sanoatni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash chora-tadbirlari yuzasidan o‘tayotgan videoselektor yig‘ilishida 7 amaldorga hayfsan berdi. Bu haqda Prezident Matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar qildi.
“Kuni-kecha Uchtepani aylanib, pastdagi ahvol bo‘yicha xulosalarimni qildim. Ichki ko‘chalar, uy-joylar oldi tozaligini ham sizlarga Prezident aytishi kerak-mi?”, deydi Prezident.
Yig‘ilishda hududlarga so‘nggi yillarda 30 mingdan ortiq shtat berilib, mahallalarda sharoitlarni yaxshilash uchun bu yilning o‘zida 12 trillion so‘m berilgani ko‘rsatib o‘tildi.
Tuman hokimining 6-7 nafar o‘rinbosari, 4 ta sektor rahbari, mahalla raislari, boshqaruv kompaniyalari shu oddiy ishlarni qila olmagani, xonadonlarga kirib, aholi bilan muloqot qilmagani tanqid qilindi.
Yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar uchun Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari Ochilboy Ramatov, “O‘zbekneftgaz” AJ raisi Mehriddin Abdullayev, “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ raisi Farhod Abdurahmonov, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ raisi Dadajon Isaqulov, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ raisi Ulug‘bek Mustafoyev, “O‘ztransgaz” AJ raisi Bekzod Normatov, “Hududgazta’minot” AJ raisi Bahodir Eshmurodovga hayfsan berildi.
“Agar ular odamlarni aniq reja va tahlil bilan ogohlantirganida, adolatli haqiqatni aytganida, odamlarimiz to‘g‘ri tushunib, norozi bo‘lmas edi”, dedi Prezident.
Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari va ushbu rahbarlarga ikki oy davomida favqulodda rejimda ishlashga topshiriq berildi.
Live
Barchasi